Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Iqtisodiy islohotlar va narxlar barqarorligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
янв.21
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa
янв.21
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida

2026-yil aprel oyi boshida tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘tgan 15 kun davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va islohotlar ijrosini joylarda ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritish uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli tahliliy materiallar, ma’lumotlar va takliflar shakllantirildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan joylarga chiqilgan holda o‘rganishlar olib borilib, aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Narpay tajribasi” asosida hududlarda tizimli o‘rganishlar tashkil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Hisobot davrida deputatlar tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirildi hamda 96 ta eng muhim qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, deputatlar tomonidan vakolatlari doirasida bir qator deputat so‘rovlari yuborilib, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlardan asoslantirilgan javoblar olinishi yo‘lga qo‘yildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Umuman olganda, aprel oyining dastlabki 15 kunligi davomida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tomonidan belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilib, doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan puxta tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1