Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Kotibiyat mudiri, deputat A.Nosirov "Shirin" MFYda fuqaro murojaati asosida fuqaro bilan suxbatlashdi.
янв.21
Kengash kotibiyat mudiri A.Nosirov bir gurux yoshlar yetakchilari bilan Kengash bilan o‘zaro xamkorlikni kuchaytirish, maxallada yoshlarni saloxiyatini oshirish, deputatlik faoliyati masalalarida suxbatlashdi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat Sh.Nazarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Deputat “Ashurali Zoxiriy” mahallasida yoshlar yetakchi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova “Ashurali Zoxiriy” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat “Rayxon” mahallasida mahallasida bo‘lib, Yoshlar yetakchisi faoliyati va ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, muammolar o‘rganildi.
Adirobod mahallasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumanining Adirobod mahallasida aholi vakillari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi orasida shukronalik hissini oshirish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dinning insonparvarlik, ezgulik va bag‘rikenglik tamoyillari, qonun ustuvorligi hamda oila muqaddasligi yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Xudoyarova hamda viloyat Kengashi deputati A.Raxmonqulov ham ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir yakunida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7