Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maqsad — sifatli va zamonaviy yo‘llar!
янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Deputat nazorati: Shohidon ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlandi!
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov aholi murojaatlarini o‘rganish va joylardagi muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
янв.21
Tibbiy xizmat sifati — deputat nazoratida!!!
янв.21
Aholi murojaati – doimiy e’tiborda!!!
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganish ishlari olib borildi.
VOBKENT TUMANIDA KITOXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA EʼTIBOR KUCHAYMOQDA

Oʻrganishlar davomida taʼkidlanganidek, bugungi kunda kitobxonlikni keng targʻib etish, yoshlarni badiiy asarlarni chuqur mushohadaga chorlay olish, shu orqali milliy anʼanalarimizni asrab-avaylash hamda maʼnaviyatimiz va madaniyatimizni yuksaltirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi”. Darhaqiqat, har bir jamiyatning qudrati uning intellektual salohiyati va yuksak maʼnaviyati bilan belgilanadi. Bunday kuch manbai esa, avvalo, kitob va kutubxonalardir.

Axborot-kutubxona markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qarori, viloyat hamda tuman hokimligi qarorlari asosida tashkil etilib, 2019-yil 2-dekabrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz tuman markazidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida, Ahmad Donish koʻchasida joylashgan.

Bugungi kunda markaz fondida jami 199 002 nusxadagi adabiyotlar mavjud. Shundan 83 993 nusxasi badiiy adabiyotlar, 22 733 nusxasi siyosiy adabiyotlar, 11 203 nusxasi sohaga oid adabiyotlar, 76 416 nusxasi rus tilidagi hamda 5 514 nusxasi lotin yozuvidagi adabiyotlarni tashkil etadi.

Mazkur axborot-kutubxona markazi tumaning 149 ming nafar aholisiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunda 15 346 nafar foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. Qatnovlar soni 37 450 nafarga yetgan boʻlsa, kunlik oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 100 nafardan ortiqni tashkil etadi. Kitob va axborot berilishi esa 102 733 donaga yetgan.

Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, 25 dona kompyuter, 5 dona skaner, 13 dona printer, 1 dona katta hajmli monitor, 2 dona televizor, 5 dona noutbuk hamda 2 dona rangli 3x1 printerlar mavjud boʻlib, ular orqali foydalanuvchilarga zamonaviy axborot xizmatlari koʻrsatilmoqda. Shuningdek, Wi-Fi internet tarmogʻi ham kitobxonlar ixtiyoriga berilgan.

Bugungi kunda markaz faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida turli innovatsion loyihalar asosida ishlar olib borilmoqda. Bu esa nafaqat kitobxonlik madaniyatini oshirish, balki yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va tafakkurini kengaytirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Albatta, Vobkent tumanida kitobxonlikni rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar kelajakda yuksak maʼnaviyatli, bilimli va tafakkuri keng avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 6