Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo'qon shahar Kengashi kotibiyatida shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
"deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Deputat A.Nosirov "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi orqali extiyojmand oilalarni uy ta’miri uchun mablag‘larni sarflanishi borasida o‘rganish olib bordi.
янв.21
"Ashurali Zoxiriy" mahalla fuqarolar yig'ini fuqarolari bilan uchrashuv va sayyor qabul o'tkazildi.
янв.21
"deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalallari" doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
"deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Deputat A.Nosirov tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlarining borishi hamda ularning sifati o‘rganildi.
Ma’rifat – jaholatga qarshi eng kuchli qalqon

“Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi – yuksak jamiyat poydevori” tamoyili asosida Zarbdor tumanidagi Oybek mahallasi aholisi ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Oybek saylov okrugi deputati D.Ochilova, tuman hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputat tomonidan qonunchilikda qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida voyaga yetmaganlar hamda yoshlarning radikallashuvi, ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Aholi orasida shukronalik hissini oshirish va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida mutasaddi rahbarlar va IIB xodimlari fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.

Slide 1 of 4