Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi
янв.21
Qo‘qon shahar temiryo‘lchilar madaniyat saroyida erta nikoxlarni oldini olish, xotin-qizlar faollari faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat F.Qaxxorova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat N.Shomatov 11-"O'rmonbog'" saylov okrugi "Davronbek" MFYda qabul o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari shahar kengashi “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Degrizlik” mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Qo'qon shaxar Kengashi deputati I.Fayzullayev 19-"Saodat" saylov okrugiga qarashli "Saodat" MFYda bo'lib, "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashdi
янв.21
Kengashi raisi O‘.Tojiiyeva davlat dasturlariga kiritilgan loyixalar bilan tanishdi
янв.21
doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Uchqizil suv ombori hududida sport bazasi qurilish ishlari bilan tanishildi

Uchqizil suv ombori hududida sport bazasi qurilish ishlari bilan tanishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro sport bazasini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida 50 o‘rinli yotoqxona, 50 o‘rinli oshxona, 11×25 o‘lchamli yopiq suzish havzasi, elling, trenajyor zali, gimnastika zali hamda yordamchi xonalarni qurish rejalashtirilgan.

O‘rganishlar davomida hududda qurilish ishlari boshlanganligi, ayrim binolar qad ko‘tarib borayotgani hamda qurilish uchun zarur bo‘lgan hududlar tekislanib, materiallar olib kelingani aniqlandi. Hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7