Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zMTDP deputatlari tomonidan olib borilgan ishlar, deputatlik surovlari yuborilishi tahlil qilindi
янв.21
Deputat R.Talipdjanov “Toshkentlik go‘zari” mahallasida bir gurux fuqarolarning umumiy murojaatlari asosida ular bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati F.Kaxxarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
“Misgarlik” MFYda maxalla xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
18-“Navruz” saylov okrugi deputati tomonidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Shahar kengashi raisi O‘.Tojiyeva "Kelajak" bolalar markazida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat Sh.Dexqonov “Obod” mahallasida o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan “Obod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi
Deputat mahallada

 MADANIYAT MASKANLARI — E’TIBOR MARKAZIDA: MUAMMO VA
YECHIM
 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalarning holati
yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
 

Bu galgi o‘rganish manzili-"Do‘ngqo‘rg‘on"
madaniyat uyi bo‘ldi. Madaniyat va san’at xalq ma’naviyatining ko‘zgusi
bo‘lsa-da, mazkur maskandagi holat bugungi kun talablariga to‘liq javob
bermasligi aniqlandi.
 

 Aniqlangan
kamchiliklar: O‘rganish davomida madaniyat uyining asosiy zali va ichki
xonalari ko‘zdan kechirilganda, binoning ta’mirtalab holatga kelib qolganligi
ma’lum bo‘ldi. Xususan:
 

Zalning devor qismlari ta’mirga muhtoj; 

Madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan sahna va
o‘rindiqlarning eskirganligi;
 

 Isitish va
yoritish tizimlaridagi mavjud muammolar.
 

Deputat D. Komilova madaniyat uyi xodimlari bilan
suhbatlashib, bu yerda to‘garaklar faoliyatini jonlantirish va aholining
madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni yaxshilash zarurligini ta’kidladi.
  

Slide 1 of 2