TUMANIDA "YOSHLAR VA SPORT FESTIVALI" HAMDA "SHIJOAT VA GʻAYRAT" HARBIY SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI.
Bugun, erta tongda Tomdi tumanda "Yoshlar va sport festivali" doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan badantarbiya mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi Orzumurod Umarov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, yoshlar, nuronilar,maktab o‘quvchilari va turli soha vakillari ishtirokida 5000 ming qadam ommaviy yurish va ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.