Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Deputatlik so‘rovi — aholi manfaati yo‘lidagi amaliy natija
Mahallalarda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovnaning tashabbusi bilan 2-Chark Kamolon mahallasidagi 2-, 4-, 5- va 17-uylar oldida joylashgan bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xamraev Kamol Kozimovichga bir necha bor deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilingan.
Deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masala tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, natijada 2-Chark Kamolon mahallasidagi mazkur bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Ayni paytda maydonchalarni tartibga keltirish, mavjud jihozlarni ta’mirlash va hududni bolalar uchun yanada qulay holatga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu esa mahallada istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, bolajonlar uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.
E’tiborlisi, mazkur holat deputatlik so‘rovining qog‘ozda qolib ketmasdan, aniq amaliy natijaga aylanayotganini ko‘rsatadi. Aholidan kelib tushayotgan murojaat va takliflarni o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish hamda ularning ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq vakili tomonidan ko‘tarilgan har bir masala aholi manfaatiga xizmat qilsa, uning natijasi mahalla hayotida o‘z aksini topadi. 2-Chark Kamolon mahallasidagi bolalar maydonchalarining ta’mirlanayotgani ham ana shunday amaliy ishlardan biridir.