Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY, Bahmalbof ko‘chasi 132-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Mamajonova Klara Aminovna murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro K.Mamajonova 2015-yildan buyon pensiya olib kelayotganligini, uzoq yillar turli tashkilotlarda qonuniy mehnat faoliyatini olib borgan bo‘lsada, pensiya tayinlovida noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi oqibatida kam pensiya tayinlanganligini bildargan. Mazkur holat yuzasidan pensiyasini qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so‘ragani munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga pensiya ta’minoti bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari qanday tartibda amalga oshirilayotgani hamda fuqaro Mamajonova Klara Aminovnanining murojaati bo‘yicha qachon va qanday tartibda uning pensiyasi qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur so‘rov orqali fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish va hisob-kitoblarning adolatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2