Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Yangi uy-joylar va qurilish sifati nazoratda

Termiz shahar Kengashi deputatlari "GIGANT-TOSH-QURILISH" MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylar majmuasini nazorat qilishdi. Tashrif paytida qurilish sifati, materiallarning standartlarga muvofiqligi, seysmik xavfsizlik hamda elektr, gaz va suv tarmoqlari ulanishi tekshirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlik va hududni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar yakunida pudratchi tashkilotga ishlar jadalligini oshirish va sifat talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Cocoon AI Summary

Termiz shahrida aholini zamonaviy va shinam uy-joylar bilan ta’minlash, qurilish-montaj ishlarining sifatini hamda shaharsozlik me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulovlar Kengash kotibiyating haftalik ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Alpomish” mahallasi hududida “GIGANT-TOSH-QURILISH” MChJ tomonidan barpo etilayotgan yangi ko‘p qavatli turar-joy majmuasining qurilish jarayonlarini joyiga chiqqan holda atroficha o‘rgandilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar qurilish maydonchasida bo‘lib, majmua qurilishining barcha bosqichlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi:

• 🏗️ Qurilish sifati va xavfsizlik: Loyiha-smeta hujjatlariga amal qilinishi, qurilish materiallarining davlat standartlariga mosligi hamda seysmik xavfsizlik talablarining bajarilishi;

• 🌐 Muhandislik va kommunal infratuzilma: Bo‘lajak ko‘p qavatli uylarni elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda oqova (kanalizatsiya) tarmoqlariga ulanish loyihalari va qozonxona tizimining tayyorgarligi;

• 🛝 Tutash hududlarni obodonlashtirish: Aholi va bolalar uchun sharoitlar — bolalar o‘yingohlari, avtoturargohlar va yashil hududlar barpo etish rejalari;

• 🤝 "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik: Yangi majmua bitgach, hududdagi ijtimoiy va kommunal masalalarni mahalla yettiligi bilan birgalikda muvofiqlashtirish choralariga e'tibor qaratildi.

💬 A.Mustafakulov: "Aholimiz uchun qurilayotgan har bir xonadon mustahkam, xavfsiz va shinam bo‘lishi shart!"

*"Deputatlik nazoratining bosh maqsadi — quruvchiga halaqit berish emas, balki xalqimiz e’tiroz bildirmaydigan, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan sifatli uy-joylar topshirilishini ta’minlashdir.

“GIGANT-TOSH QURILISH” MChJ tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda topshirilishi bizning doimiy e'tiborimizda bo'ladi,"* — deya ta'kidladi ekspert guruhi rahbari.

O‘rganishlar yakunida qurilish ishlari jadalligini oshirish, seysmik xavfsizlik va infratuzilma tarmoqlarini sifatli tortish bo‘yicha pudratchi tashkilot mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5