Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Qoryog‘di mahallasida gaz infratuzilmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol

Qoryog‘di mahallasida gaz infratuzilmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan saylov okrugida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash, shuningdek, mavjud gaz infratuzilmasining mavsumga tayyorgarlik holatini baholash yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

⚙️ O‘rganish davomida tumandagi Qoryog‘di mahallasi hududida joylashgan gaz taqsimlash punktlari (GTP) joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur o'rganishda gaz taqsimlash punktlarining texnik va sanitariya holati, xavfsizlik talablariga muvofiqligi, mavjud uskunalar va jihozlarning sozligi, hududning obodonligi, kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashga tayyorgarlik darajasi
atroflicha o‘rganildi.

🕯 Shuningdek, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi xonadonlariga tabiiy gazni xavfsiz yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 O‘rganish vaqtida Qoryog'di mahallasi hududidagi Issiqxonaning orqa qismida gaz quvurlarini o'tkazish ishlari oxiriga yetkazilmasdan qolib ketganligi aniqlandi hamda ushbu holat yuzasidan deputat tomonidan tumangaz bo'limi muhandisi bilan bog'lanib ushbu holatni tezda bartaraf etish zarurligi ta'kidlandi.

📈 Mazkur masala yuzasidan tumangaz bo'limi tomonidan keyingi haftaning chorshanba kuni ishlar yakuniga yetkazilib, holatni bartaraf etilishi bildirildi. O'rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish va gaz ta’minoti obyektlarining mavsumga shayligini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📈 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik — aholi xonadonlarida osoyishtalik va barqaror hayot sharoitini ta’minlashning muhim omilidir.

🧠 Deputatlik faoliyati doirasida hududdagi ijtimoiy va kommunal masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4