Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich hududida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–457-son) mazmun-mohiyati yuzasidan qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi, ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishning qonuniylik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim normalari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ma’muriy qarorlar qabul qilish jarayonida qonun talablariga qat’iy rioya etishi, fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning huquqlari ishonchli himoya qilinishi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda qonuniylikka qat’iy rioya qilish bo‘yicha kotibiyat mudiri tomonidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3