AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Majidova Sayyora Ahmedovna tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🚨 Deputat tomonidan 4-Obi hududida yuritilayotgan murojaatlar daftarida qayd etilgan aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ularning qay darajada hal etilgani hamda ijrosi ta’minlanganligi o‘rganildi.
🚨 O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolarga alohida e’tibor qaratilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🚨 Aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish va ularda ko‘tarilayotgan masalalarni joyida tahlil qilish fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🚨 Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi va ularning natijadorligi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.