35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
янв.21
Sessiya májilisinde
INFRATUZILMA ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

INFRATUZILMA ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

✅ Tuman hududida aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish, yo‘llarni obodonlashtirish hamda irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

✅ Mazkur ishlar doirasida 16 kilometr masofada beton lotoklar o‘rnatish hamda 2,6 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish rejalashtirilgan. Shuningdek, asfalt yotqizish ishlari doirasida 1,7 kilometr hududda yer ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

✅ Belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarining sifati va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat mudiri O‘.Murodov, deputatlar F.Tursunqulov, Z.O‘zbekova va S.Majidovalar birgalikda bajarilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida beton lotoklarni o‘rnatish ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi, ularning mustahkamligi va suv oqimini samarali ta’minlashiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar «Surxon Santex Gaz Montaj» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgani qayd etildi.

✅ Shu bilan birga, asfalt yotqizish ishlarining sifati, yo‘l asosini tayyorlash, yer ishlarini talab darajasida bajarish va yo‘l qoplamasining belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

✅ O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan loyiha va texnik talablarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Deputatlar tomonidan ushbu ishlar yakuniga qadar ularning borishi va sifati ustidan nazoratni davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida hududlarda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanishi, suv inshootlarining holati yaxshilanishi va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5