35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 18-“Xo‘jakent” saylov okrugidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan  umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar bartaraf etish, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹O‘rganish davomida yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim olish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4