Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
UY-JOY MASALASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda

UY-JOY MASALASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 23-“Haqiqat” saylov okrugi deputati Artur Xaydarov tomonidan fuqarolar qabuli davomida uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat qilgan Panamareva Yekaterinaning murojaati deputatlik nazoratiga olindi.

🏢 Fuqaro hozirda 25-34-27A-uyda ijarada yashayotgani sababli Hamdo‘st mahallasi hududidagi 34-sonli imtiyozli uy-joy fondiga kiruvchi xonadonlardan biriga joylashtirilish istagini bildirgan.

📝 Murojaatni atroflicha o‘rganish maqsadida tuman Kengashi Kotibiyati mudiri hamda mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda fuqaro ko‘rsatgan manzilga chiqildi. O‘rganish davomida mazkur xonadonda hozirda JIEМda jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning turmush o‘rtog‘i istiqomat qilayotgani va ushbu oilaning ham ijtimoiy holati alohida e’tibor talab qilishi ma’lum bo‘ldi.

📇 Murojaatni ko‘rib chiqishda uy-joyga muhtoj fuqarolarning ijtimoiy holati, xususan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va uy-joyga muhtoj xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan va ko‘makka muhtoj shaxslar, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, kam ta’minlangan va yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun belgilangan mezonlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlashda belgilangan tartiblar, jumladan, ijara asosida uy-joy berish, uy-joy sotib olish uchun subsidiya va kreditlardan foydalanish hamda murojaatlarni mahalla va tegishli ijtimoiy himoya organlari orqali ko‘rib chiqish imkoniyatlari inobatga olindi.

📆 O‘rganish natijasida murojaat bo‘yicha mavjud holat va taqdim etilgan ma’lumotlarni qo‘shimcha ravishda tahlil qilish zarurligi sababli masalani hal etish ma’lum muddatga qoldirildi. Mazkur murojaat deputat nazoratida qoladi. Fuqaroning uy-joy masalasini qonunchilikda belgilangan mezonlar va ijtimoiy holatidan kelib chiqib hal etish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5