Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston”saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘ston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida dastlab “Bo‘ston” mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektori Mahmudov Ziyodulla bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.Suhbat davomida profilaktika inspektori tomonidan mahallada joriy yilning o‘tgan davrida birorta ham jinoyat holati qayd etilmagani, hududda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli profilaktik ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan muntazam profilaktik uchrashuvlar tashkil etilayotgani, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda alohida nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga jami 12 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgani, shundan 10 tasi yuzni aniqlovchi, 2 tasi esa 360 daraja aylanuvchi kuzatuv kameralaridan iborat ekani qayd etildi. Bundan tashqari, mahallaning qorong‘i joylariga 135 ta zamonaviy quyosh batareyali tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani haqida ma’lumot berildi.Muloqot davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar aytib o‘tildi.Yakunda deputat tomonidan “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash zarur bo‘lgan joylarga qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar bildirildi.Mazkur o‘rganish hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 6