Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, tahlil qilinganidan so‘ng, jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi ustidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidov Ulug'bek Aripovich tomonidan nazorat olib borildi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Guliston mahallasidagi ko‘chada asfaltlashtirish ishlari yakunlanib, yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Mazkur ishlarning borishi deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, asfaltlashtirish jarayoni nazorat qilindi.
Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati yaxshilanib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalar obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5