Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

✅ 24-Chinor saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 24-Chinor saylov okrugiga qarashli “Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi.

🤝 Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish, mavjud muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

⚖️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilishi muhimdir.

Ushbu Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish hamda murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga kelishib olindi.

🌿 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash — inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan muhim vazifalardan biridir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 1