Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
Deputat so‘rovi yuborildi.

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilishda veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘ulomjonovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 386-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

2026-yil 19-avgustdagi 66-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi Bag‘dod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Xalimovga yo‘llandi.

Deputat so‘rovida tumanda chorva mollarini so‘yish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari (qushxonalar)ning soni, manzillari va tegishli ruxsat beruvchi hujjatlari, ularning sanitariya, veterinariya-sanitariya va ekologik talablarga muvofiqligi, so‘yilgan go‘sht mahsulotlarining veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilishi hamda veterinariya tamg‘asi bilan ta’minlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 2025–2026-yillar davomida veterinariya hujjatlarisiz yoki veterinariya tamg‘asisiz go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilish holatlari aniqlangan-aniqlanmagani, bozorlar, savdo shoxobchalari va go‘sht do‘konlarida go‘sht mahsulotlarining kelib chiqishi hamda veterinariya hujjatlari muntazam nazorat qilinishi, ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida o‘tkazilgan so‘nggi nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish va ma’lumotlar so‘raldi.

Mazkur deputat so‘rovi orqali go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli va veterinariya nazoratidan o‘tgan mahsulotlar yetkazilishini ta’minlash hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsad qilingan.

Slide 1 of 1