35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
Korrupsiyaga qarshi kurashish – adolat va taraqqiyot kafolati

Korrupsiyaga qarshi kurashish – adolat va taraqqiyot kafolati

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov raisligida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda uning ijrosini samarali ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, tuman Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan normalarning amaliyotdagi ijrosi, korrupsiyaga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish, halollik va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlash, bu borada deputatlar hamda davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining emas, balki jamiyatning har bir a’zosi mas’uliyati ekani, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish orqali yurt taraqqiyoti va xalq ishonchini mustahkamlash mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Halollik – taraqqiyot garovi, korrupsiyaga qarshi kurashish esa barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Slide 1 of 7