Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi partiya deputatlik guruhlari faoliyati tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan tumandagi siyosiy partiyalar faoliyatini jonlantirish hamda ularning Kengash ishlaridagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida “Siyosiy partiyalar dasturiy maqsadlarini mahalliy darajada ro‘yobga chiqarish - mavjud holat va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 💼 Unda Kengash kotibiyati xodimlari, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi rahbarlari, siyosiy partiyalarning Uchtepa tumani Kengashlari raislari, soha ekspertlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 📝 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlarida aks ettirish orqali aholi va partiya elektorati manfaatlarini ifodalashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

 🧠 Tadbir davomida partiya guruhlarining mahalliy Kengashlardagi ta’sirchanligini oshirish, ularning dasturiy maqsadlarini bevosita mahallalar va tuman kesimida amalga oshirish mexanizmlari, parlament va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, shuningdek, tuman miqyosidagi dolzarb muammolarni partiyaviy vositalar orqali hal etish masalalari muhokama qilindi.

 💬 Davra suhbati yakunida siyosiy partiyalarning hududiy Kengashlari faoliyatini yanada jonlantirish va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, tumandagi deputatlar tomonidan chiqarilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi muhokama qilindi.

 🔼 Navbatdagi sessiya ishlariga barcha partiya raislari o‘z saylovoldi dasturlari va yillik ish rejalari asosida takliflar kiritib borishga kelishib oldilar. Shuningdek, barcha partiya raislari tomonidan bunday davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etib borish taklifi bildirildi.

Slide 1 of 7