Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Tarixga ehtirom – kelajak uchun mustahkam poydevor

 Deputat tadbir davomida madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning ahamiyati, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va uni keng targ‘ib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. U o‘z nutqida Sohibqiron Amir Temurning boy merosi, uning davlat boshqaruvidagi tajribasi, adolat va qat’iyatga asoslangan siyosati bugungi jamiyat rivojida ham muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

 Shuningdek, Mushurmonova Shodiya bunday tadbirlar orqali aholi, ayniqsa yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarurligini bildirdi. Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

 Tadbir davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid ma’ruzalar, chiqishlar hamda badiiy namoyishlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan Sohibqironning ibratli hayot yo‘li, tarixdagi o‘rni va bugungi avlod uchun ahamiyati keng yoritib berildi.

 Ta’kidlash joizki, deputatlar tomonidan bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyatda ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

 Mazkur tadbir tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash va kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 1