Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA

✅ Urganch shahrida bolalar soni va ular o‘rtasidagi kasallanish ko‘rsatkichlari ortib borayotgani sohada yangi islohotlarni talab etmoqda. Hozirda shahar aholisi bolalar tibbiy xizmati uchun asosan viloyat markaziga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda, bu esa navbatlar va noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

📌 Vaziyatni o‘rganish:

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri U.Kuryazov, hududiy saylov komissiyasi rais o'rinbosari B.Masharipovlar Urganch shahar tibbiyot birlashmasida bo‘lib, mavjud holatni atroflicha o‘rgandilar.

📉 Raqamlar nima deydi?

Urganch shahrida 53 mingdan ziyod bolalar istiqomat qiladi.

2025-yilda viloyat bolalar markaziga qilingan murojaatlarning qariyb 48 mingtasi aynan Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shahar poliklinikasidagi kadrlar yetishmovchiligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

✅ Taklif va yechim:

Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Urganch shahar tibbiyot birlashmasi qoshida:

🔹 50 o‘rinli bolalar bo‘limi;

🔹 8 o‘rinli bolalar reanimatsiyasi bo‘limini tashkil etish tashabbusi ilgari surilmoqda.

🚀 Bu nima beradi?

Yangi bo‘limlarning tashkil etilishi nafas yo‘llari, asab tizimi, gematologik va kardiologik kasalliklarni shaharning o‘zida davolash, bolalar o‘rtasidagi nogironlik va o‘lim holatlarining oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, ayollar uchun alohida maslahatxona tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4