Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT TOMONIDAN "INSON" IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI O‘RGANILDI

👤 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Nafis MFY hududida joylashgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida 2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 3626 nafar ekanligi aniqlandi.

Shundan:

🔹 1-guruh – 333 nafar

🔹 2-guruh – 2358 nafar

🔹 3-guruh – 421 nafar

🔹 Nogironligi bo‘lgan bolalar – 514 nafar

📌 2026-yil yanvar–mart oylarida yangi standart tizimi asosida nogironlik belgilangan shaxslar soni 219 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

🔹 1-guruh – 10 nafar

🔹 2-guruh – 111 nafar

🔹 3-guruh – 35 nafar

🔹 Nogironligi bo‘lgan bolalar – 40 nafar

🏥 Joriy yilning yanvar–mart oylarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul davolash bo‘yicha 93 ta ariza kelib tushgan.

Shundan, 9 nafar fuqaroga yo‘llanma ajratilib, sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

🌙 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi PQ-67-son qarori asosida Muborak Ramazon oyi munosabati bilan aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozirgi kunga qadar 58 nafar fuqaro 1 million so‘mdan pul mablag‘lari bilan ta’minlandi.

🤝 Mazkur o‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4