Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Nargiza Atakulovaning o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda deputatning 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.
📊 Uchrashuvning asosiy mavzulari:
Obodonlashtirish: Okrug hududida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari va ularga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
Bandlik: Mahalladagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
Kommunal soha: Elektr energiyasi, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasidagi muammolarning yechimi.
🤝 Murojaatlar va qabul:
Uchrashuv yakunida deputatning sayyor qabuli ham tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan 6 ta murojaat "Mahalla yettiligi" va mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, deputatlik nazoratiga olindi.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva