Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Anijdon shahar Kengashi deputati G. Ismailova ishtirokida Andijon tillar pedagogika oliygohi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamda Yuridika texnikumi talabalari uchun “So‘z erkinligi: chegaralar bormi?” mavzusida debat shaklida davra suhbati tashkil etildi

Xalq deputatlari Anijdon shahar Kengashi deputati G. Ismailova ishtirokida Andijon tillar pedagogika oliygohi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamda Yuridika texnikumi talabalari uchun “So‘z erkinligi: chegaralar bormi?” mavzusida debat shaklida davra suhbati tashkil etildi 🎓🗣

Bugungi globallashuv davrida tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan so‘z erkinligi, uning imkoniyatlari va mas’uliyat chegaralari tadbir markazida bo‘ldi 🌍⚖️ Ishtirokchilar tomonidan so‘z madaniyati, nutq odobi hamda so‘z erkinligining ma’naviy-axloqiy va huquqiy jihatlari yuzasidan teran fikrlar bildirildi.

Tadbir davomida yoshlar nafaqat tinglovchi, balki faol ishtirokchi sifatida ham o‘z fikrlarini dadil va asosli tarzda bayon etdilar 💬✨ Jonli munozaralar, keltirilgan dalillar hamda berilgan tavsiyalar ularning tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar orasida so‘zlashuv madaniyati, mas’uliyat va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi 🤝📚

Slide 1 of 7