Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi

Toshkent shahar Olmazor tumani “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inida Olmazor tuman hokimligi xodimlari, mahalla uyushmasi va tuman xotin-qizlar bo‘limi vakillari, aholi hamda mahalla “yettilligi” a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov boshchiligida 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Uchrashuv davomida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xotin-qizlar bilan tizimli ishlash hamda aholi bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Deputat o‘z nutqida hududda jinoyatchilikning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida bir qator masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi, ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

Deputat Abdujalil Xasanov ta’kidlaganidek, hududlarda mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda navbatdagi sessiyalarda ko‘rib chiqish mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur uchrashuv ham aynan fuqarolar bilan bevosita muloqot orqali muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 3