Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar Obodonlashtirish bo‘limining Yashil makon loyihasi doirasida 2026-yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Abdurahmonova ochdi va olib bordi. 

U o‘z kirish so‘zida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va shahar muhitini yaxshilash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida shahar hududida ko‘chat ekish, yashil hududlarni kengaytirish, mavjud daraxtlarni parvarishlash hamda sug‘orish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, aholi punktlarida ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, ekilgan ko‘chatlarning yashab qolish darajasi, ularning parvarishi va sug‘orish tizimining holati yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Ayniqsa, ishlarning sifati va natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar jarayonida ayrim kamchiliklar ham qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, ko‘chat ekish bilan bir qatorda ularning parvarishini tizimli yo‘lga qo‘yish, hududlar kesimida mas’uliyatni kuchaytirish hamda jamoatchilik nazoratini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda “Yashil makon” loyihasi ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3