Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-sonli “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Xususan, bugun Marg‘ilon shahridan o‘tgan 40V115 Farg‘ona shahar – Yangi Marg‘ilon shahar avtomobil yo‘lining 4 kilometr qismida yakunlangan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi mas’ul xodimi B.Qalandarov hamrohligida bajarilgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida yo‘l qoplamasining sifati, asfalt yotqizish texnologiyasiga rioya etilgani, yo‘lning tekisligi va mustahkamligi alohida e’tiborga olindi. 

Shuningdek, yo‘l chetlarining mustahkamlanishi, suv chiqarish tizimi va harakat xavfsizligini ta’minlovchi belgilar holati ham sinchiklab o‘rganildi.

Ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Deputatlik nazorati davomida asosiy e’tibor nafaqat ishlarning bajarilganiga, balki ularning sifati va uzoq muddat xizmat qilishiga qaratildi. Zero, yo‘l infratuzilmasi aholiga qulaylik yaratish bilan birga, transport xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8