Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sadullayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi N.Radjapova ishtirokida Urganch shahridagi mahallalarda navbatdagi sayyor uchrashuvlar va aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi.

1. “2-Feruz” mahallasidagi o‘rganishlar:

Ushbu mahallada “mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi va bir qator masalalar joyida hal etildi:

🛣 Yo‘l infratuzilmasi: “Sodiqova” ko‘chasi aholisi va fuqaro M.Raximovning asfalt yotqizish bo‘yicha murojaati o‘rganildi. Fuqarolarga mazkur ko‘cha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2026-yil 14-martdagi qaroriga muvofiq dasturga kiritilgani tushuntirildi va ishlar ijrosi deputat nazoratiga olindi.

🔍Kommunal xizmat: “Pahlavon Mahmud” ko‘chasi 48-uyda yashovchi G.Sapaevaning uy yerto‘lasi suvga to‘lganligi bo‘yicha murojaati deputat aralashuvi bilan tezkor hal etildi. Mahalla raisi va mas’ul servis kompaniyasi (shirkat) rahbarlari jalb qilinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

✅2. “3-Ma’rifat” mahallasidagi muloqotlar:

Navbatdagi uchrashuv “3-Ma’rifat” mahallasi yettiligi va faollari bilan tashkil etildi. Muloqot davomida hududdagi ijtimoiy holat va aholi tomonidan bildirilgan takliflar muhokama qilindi:

⚽️ Bolalar maydonchasi: Mahallada bolalar o‘yin maydonchasi yo‘qligi aholi uchun dolzarb masala bo‘lib turgani aniqlandi.

🚶‍♂️‍➡️Piyodalar yo‘lagi: A.Temur ko‘chasining boshlanish qismida piyodalar yo‘lakchasi mavjud emasligi aholi harakati uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani bildirildi.

✅ Mazkur muammolarni tizimli hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda o‘rganishlar natijasiga ko‘ra 🎁 deputat so‘rovi chiqarish belgilab olindi.

Xalq bilan muloqot va hududlardagi infratuzilmani yaxshilash borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 6