Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputat nazorati

Deputatlar tomonidan Shayxontohur tumani "Davlat xizmatlari markazi" va tuman FHDYO boʻlimida “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi va FHDYO boʻlimida tugʻilganlik, nikoh, oʻlim va boshqa holatlarni qayd etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 73 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga oʻtkazilgandan soʻng erishilgan natijalar hamda inson hayotidagi muhim voqealar — tugʻilish, nikoh, ajrashish, ismni oʻzgartirish va oʻlimni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borilgan ishlar haqida maʻlumot berildi. 

Shuningdek, Shayxontohur tumani "Davlat xizmatlari markazi" tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish (Pasport, haydovchilik guvohnomasi, uy-joy, yer va boshqa hujjatlarni tezkor taqdim etish), tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va litsenziyalash, elektronlashtirish maqsadida xizmatlarni masofaviy shaklga oʻtkazish, raqamli hujjatlar yuzasidan arizalarga tegishliligi bo'yicha javoblar yuborilgani hamda tuman FHDYO boʻlimida 2026-yilda tugʻilganlik, nikoh, oʻlim va boshqa holatlarni qayd etish yuzasidan 1800 ta hujjatlarni rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida masʻullar tomonidan maʻlumot berib oʻtildi. 

Deputatlar tomonidan, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini keskin oshirish va tuman FHDYO boʻlimida nikoh hamda oila munosabatlari boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1