Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash dolzarb masala.

Uchrashuvda deputat tomonidan ayollarni ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, jamiyatdagi rolini mustahkamlash muhim omil ekanligi haqida soʻz yuritildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi yoʻnalishi xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgani, hamda “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani bu borada olib borilayotgan ishlarning ustuni ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, tadbirkor ayollar S.Yusupova, F.Musajonova, A.Dineva tomonidan eng faol va tashabbuskor tadbirkor ayollar loyihalari doirasida tuman va shahar miqiyosida boʻlib oʻtgan koʻrik tanlovlarda munosib oʻrin egallab, 30 dan ortiq xotin-qizlarni ish bilan taʼminlab, 100 dan ortiq shogirdlarga ega ekanliklarini maʼlum qilishdi. 

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan ayollar bandligini taʼminlash ularni kasb-hunarga oʻrgatish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar va chora-tadbirlar doimiy tarzda amalga oshirilishini maʼlum qildi.

Slide 1 of 1