Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputat tadbirkor ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Tashrif davomida sex faoliyati, unda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish jarayoni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati hamda bozor talabi asosida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tikuvchilik sexida mahalla ayollari uchun yangi ish o‘rinlari yaratilgani, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘layotgani hamda kasb-hunar o‘rganish orqali o‘z salohiyatini rivojlantirayotgani alohida ta’kidlandi.

 Deputat tomonidan tadbirkor ayollar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, takliflar va rejalar muhokama qilindi. Xususan, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulotlarni realizatsiya qilish bozorlarini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, kredit va subsidiyalar olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 Tashrif yakunida bunday tashabbuslarni yanada rivojlantirish, mahallalarda ayollar bandligini oshirish va ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.

 Bunday amaliy uchrashuvlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash hamda jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1