Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi 6-navbur Dexqonaqriq saylov okrugi deputati M.Madarqulov “Dehqonariq” mahallasida o‘z saylovchilarini qiynab kelayotgan masala va muammolarni tinglash, ularga yechim izlash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda mahalla aholisi, faollar, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar, kundalik hayotda duch kelinayotgan muammolar, infratuzilma bilan bog‘liq kamchiliklar hamda ijtimoiy sohadagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Xususan, aholi tomonidan mahalla ichki ko‘chalarining holati, yo‘llarning ta’mirtalabligi, ayrim joylarda yoritish masalalari, shuningdek, mahalla hududida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolar ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor va amaliy choralar ko‘rilishini so‘rab, o‘z takliflarini bildirdilar.

Deputat uchrashuv davomida kelib tushgan har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni murojaatlar daftariga qayd etdi. Shuningdek, mazkur masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi hamda murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4