Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
KO‘LARIQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati F.Xujamberdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar Ko‘lariq mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

O‘rganishlar davomida profilaktika inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit, manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur kameralar tuman Ichki ishlar bo‘limi va viloyat Ichki ishlar bo‘limi markazlariga ulangan bo‘lib, yuzni tanib olish tizimi orqali nazorat ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida hududda xavfsizlikni ta’minlash va mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6