Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
BEPUL DORI VOSITALARI RO‘YXATI VA NAZORATI TIZIMI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari K.Xoldorova, D.Jo‘rayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayevlar Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘inidagi 53-sonli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan qarorlari, xususan, birlamchi tibbiy xizmatni rivojlantirish va aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilashga oid qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, patronaj xizmatining samaradorligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ro‘yxat asosida aholiga yetkazilishi, ularning hisobini yuritish va nazorat qilish tizimi ham o‘rganildi. Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini to‘liq qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5