Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Hududda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengash raisi Obloqul Isanov hamda tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Begimovlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔘 Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlar orasida jinoyatchilik va turli salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔘 Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar hamda takliflarini ochiq bildirib o‘tdilar. Bildirilgan har bir masala mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🔘 Shuningdek, uchrashuv yakunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3