Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
2026-yil 3-aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda dolzarb masalalarga oid qator muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumanda jinoyatchilik ahvoli va 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti eshitildi.

Shuningdek, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish, tuman Kengashi doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilindi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga rioya etilishi tahlil qilindi.

Sessiyada narx-navoning sun’iy oshishining oldini olish, sifatsiz mahsulotlarga qarshi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan nazorat-tahlil ishlari natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish loyihasini moliyalashtirish hamda tashabbusli budjet jarayonlari ijrosi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar tasdiqlandi. Mazkur sessiya hududni barqaror rivojlantirish, aholi murojaatlariga yechim topish hamda ochiq va samarali boshqaruvni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6