Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
TADBIRKORLIKKA QADAM QO‘YGAN YOSHLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva, deputat Gulchehra Sobirova hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashevlar Farog‘at mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash va ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Rossiya Federatsiyasidan qaytib kelgan D.Mahkamov, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi ochish niyatida ekanligini, biroq zarur jihozlarni xarid qilish uchun yetarli mablag‘i yo‘qligi haqida yoshlar yetakchisiga murojaat qilgan.

Yoshlar yetakchisi mahalla yettiligi bilan hamkorlikda D.Mahkamovga 30 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilib, hozirda fuqaro o‘z ustaxonasini tashkil etdi. Bugungi kunda u o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zi kabi Rossiya Federatsiyasidan qaytib kelgan 3 nafar yoshlarni shogird sifatida ishga jalb qilgan. Natijada ular ham o‘z daromadlariga ega bo‘lmoqdalar.

Slide 1 of 4