Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
💰 Ishtixon tumanida “Ochiq byudjet” loyihalari bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2026-yil 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan loyihalarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-mavsum uchun tuman mahalliy budjetidan jami 21,7 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirilgan.

Shundan:

– 15,6 mlrd so‘m – mahalliy budjet xarajatlari hisobidan

– 1,8 mlrd so‘m – erkin qoldiq mablag‘lardan

– 4,2 mlrd so‘m – avvalgi mavsumlarda iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan yo‘naltirilgan

🗳 “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan 144 ta taklif ilgari surilib, ovoz berish yakunlariga ko‘ra 13 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 21 mlrd 85 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

📌 G‘olib loyihalar asosan quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan:

– ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash

– piyodalar yo‘laklarini qurish

– maktablarda sport zallari barpo etish

– elektr ta’minotini yaxshilash

➕ Shuningdek, deputatlar tashabbusi asosida qo‘shimcha loyihalar ham g‘olib deb topilib, ularni moliyalashtirish respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

📍 Umumiy hisobda 16 ta loyiha g‘olib deb topilib, aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalalarini hal etishga xizmat qiladi.

🛣 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ustuvorlik kasb etib, mahallalarda transport harakati va aholi uchun qulayliklar yaratiladi.

📝 Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 1