Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 7-Siplon saylov okrugi deputati Kuldashev Javlonbek Murodovich tomonidan 16-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 7-Siplon saylov okrugi deputati Kuldashev Javlonbek Murodovich tomonidan 16-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish jarayonida soha mutaxassislari, mas’ul tashkilot vakillari hamda maktab ma’muriyati ishtirok etib, ta’lim muassasasining mavjud holati, infratuzilmasi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi atroflicha tahlil qilindi.

  O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, sinfxonalarni ta’mirlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish zarurligi aniqlandi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha maktab tomonidan kiritilgan murojaat joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

  Murojaatni o‘rganish jarayonida mavjud muammolar, ehtiyojlar va ustuvor vazifalar belgilab olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, zarur moliyaviy manbalarni aniqlash hamda mablag‘ ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

️ Mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari doirasida amalga oshirilishi ta’kidlandi.

  O‘rganish yakunida mas’ullarga maktab moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

 Ushbu chora-tadbirlar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9