Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Ishtixon tumanida favqulodda vaziyatlar sohasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi F.Ruziyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida tumandagi 1531 ta obyektning 86 tasida yong‘in xavfsizligi holati batafsil o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 1814 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shundan 1178 tasi bajarilgan.

Shuningdek, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan 9 ta obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, 84 ta holatda nosoz gaz va elektr uskunalaridan foydalanish taqiqlangan.

Nazorat tadbirlari davomida 146 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan jami 100 mln so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Aholi o‘rtasida profilaktika ishlari keng yo‘lga qo‘yilib, 164 marotaba uchrashuv o‘tkazilgan, 14 mingdan ortiq targ‘ibot materiallari tarqatilgan hamda 6 ming 968 ta xonadon o‘rganilgan.

Natijada, joriy yilning ikki oyi davomida tumanda atigi 6 ta yong‘in qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan 9 taga kamaygan. Eng muhimi, yong‘inlarda insonlar o‘limi va tan jarohati holatlari qayd etilmagan.

Sessiyada mahallalarda “xonadonbay” ishlash tizimini kuchaytirish, xavf darajasi yuqori hududlarda profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etish, shuningdek, “Mitan” shaharchasida yong‘in-qutqaruv qismini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2