Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
#Deputat_sorovi Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 4-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi Qudratov Shoxrux Odil o'g'li tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅4-Mustaqillik saylov okrugi hududidagi Chaqar mahallasi fuqarolari tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi.

✅Xususan, Mo‘minova hamda M.Umarova ko‘chalarida joylashgan ikkita transformator ta’mirtalab holga kelib qolganligi, elektr energiyasi kuchlanishining pastligi hamda tez-tez uzilishlar kuzatilayotgani aholi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

✅Aholi xonadonlaridagi hisoblagichlarda kuchlanish 160–170 volt atrofida bo‘lib, bu elektr jihozlarining ishdan chiqishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

👍Shuningdek, Chaqar mahallasida mavjud 42 ta yog‘och elektr ustunlari yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lib, ularni beton ustunlarga almashtirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa kuz, qish va bahor mavsumlarida yuz berayotgan uzilishlar aholi uchun katta muammolar keltirib chiqarmoqda.

👍Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda muammolarni har tomonlama o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

👍 Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi va fermer xo‘jaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1