Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga oid muammolar deputatlar tashabbusi bilan bartaraf etilmoqda!

⚡️Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga oid muammolar deputatlar tashabbusi bilan bartaraf etilmoqda!

🏡 Joylarda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, eskirgan infratuzilmani yangilash bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, deputat B.Usmonov tashabbusi va mahalla fuqarolarining murojaatiga asosan Andijon viloyati Paxtaobod tumani Shovruq mahallasi hududidagi ma’nan eskirgan 35 dona simyog‘ochlar o‘rniga zamonaviy beton tayanchlar o‘rnatildi.

🔌Shuningdek, deputat O‘.Komilov tashabbusi bilan Oltinko‘l tumanining Xo‘ja MFYga – 15 dona, Madaniy-mehnat–2 MFYga 9 dona, Madaniy-mehnat–1 MFYga 6 dona ustun yetkazib berildi.

🏙 Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Dilfuza Djo‘rayeva tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga asosan Muzrabot tumani 2.6 km hududda beton ustunlar o‘rnatilib, zamonaviy elektr kabellari tortilishi ta’minlandi.

⚡️Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Z.Tuyevaning deputat so‘rovi natijasida Kogon tumani «Tun Iroq» mahallasida joylashgan "Nishovur" qishlog‘idagi 63 kVAli transformator yuqori quvvatli 160 kVAli transformatorga almashtirilib, elektr kuchlanishi me’yoriga keltirildi.

🔧 Shu bilan birga, ushbu hududdagi ma’nan eskirgan simyog‘ochlar ham yangi mustahkam temir-beton tayanchlarga almashtirildi.

💡 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati D.Achilov tashabbusi bilan Bulung‘ur tumani “Changal” mahallasida elektr tarmoqlari bilan bog‘liq muammolar, xususan eskirgan yog‘och ustunlar deputat so‘rovi asosida yangisiga almashtirildi.

✅ Xulosa qilib aytganda, deputatlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday ishlar aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2