Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Mahallada sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi rais o‘rinbosari O.Sadullayev tomonidan tumandagi Chaqar mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari hamda ularning jihozlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda mavjud sport inshootlari va ularda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, sport maydonlarining texnik holati, jihozlarning yaroqliligi, ularning xavfsizlik talablariga mosligi hamda aholining ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan mavjud sharoitlar o‘rganilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida ayrim sport inshootlari va jihozlarni ta’mirlash, yangilash hamda qo‘shimcha sport maydonchalari tashkil etish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, uni asrab-avaylash va aholining bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3