Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati U.Saydazimova tomonidan tumandagi 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-996-sonli Qonunining mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Jarayon davomida ayniqsa mazkur Qonunning 17-moddasiga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari hamda ta’lim muassasalarining bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish borasidagi vakolatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, ta’lim muassasalari tomonidan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan dasturlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish hamda ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga, davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishdagi ishtirok masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, oilada bolalarni himoya qilish bilan bog‘liq muammolar profilaktikasi, ayniqsa og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarda voyaga yetayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayoniga moslashuvi va ijtimoiy muhitga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur o‘rganish ishlari davomida ta’lim muassasasida bolalar xavfsizligini ta’minlash, ularni har qanday zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar orqali qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi tahlil qilinib, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2