Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Sessiya

#sessiya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi 26-sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Kengashning doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda bir qator dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Jumladan:

1. Shahar hududida jinoyatlarning oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;

2. Kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida shaharda amalga oshirilgan ishlarning holati to‘g‘risida;

3. Kogon shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida;

4. Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

5. Kogon shahrida “Tashabbusli budjet” dasturi orqali 2026-yilning 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan tadbirlar to‘g‘risida;

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Kogon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida;

7. Kogon shahar hududida 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish uchun yig‘im stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

8. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhining Kogon shahrida “Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navoning sun’iy oshib ketishini oldini olish ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini o‘rganish” to‘g‘risida;

9. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida shahar darajasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida;

10. Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-24-24-2-208-K/26-sonli qarorini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va mas’ul shaxslarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 6