Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Chilonzor tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhamedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan “Botirma” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaat asosida hududdagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Chilonzor tumani 2-Qatortol hamda Botirma ko‘chalari kesishmasida olib borilgan ta’mirlash ishlari natijasida piyodalar yo‘lagi o‘zgartirilgan. Biroq yangi tashkil etilgan piyodalar o‘tish yo‘lagi amaliy jihatdan noqulay holatda bo‘lib, u ariqqa borib taqaladi va ushbu joyda piyodalar uchun ko‘prik mavjud emas. 

️Natijada fuqarolar xavfli, belgilanmagan hududlardan o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan dolzarb muammo sifatida qayd etildi. 

Shuningdek, mazkur hududda avtomashinalarning tartibga solinmagan qayrilib olish joyi mavjud bo‘lib, ushbu joydan taxminan 200 metr uzoqlikda svetofor mavjudligiga qaramay, qayrilish jarayonining tartibga solinmagani yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. 

Mazkur holatlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l patrul xizmati bo‘limi 4-batalon komandiri hamda Chilonzor tumani hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborildi. 

Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tildi. 

Mazkur murojaat hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratish, aholining kundalik hayotida xavfsizlikni ta’minlash hamda yo‘l harakati madaniyatini oshirish borasidagi muhim qadam sifatida xizmat qiladi.