Yangiliklar

Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi

Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi

✅ Kosiblar mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Murojaat mazmuniga ko‘ra, fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilash maqsadida mas’ul tashkilot vakillari joyiga chiqib, holatni o‘rganishdi.

✅ O‘rganish jarayonida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi hamda uni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, mas’ul idoralar tomonidan masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

✅ Ushbu murojaat Kosiblar mahallasidan saylangan tuman Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputat Z.B.O‘zbekova tomonidan nazoratga olinib, uning ijobiy hal etilishi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5